1

Andijonda bank xodimlari 759 ming AQSh dollarini talon-toroj qilganliklari aniqlandi

Jinoyat 18.10.2018, 09:46
Andijonda bank xodimlari 759 ming AQSh dollarini talon-toroj qilganliklari aniqlandi

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda TIF «Milliy bank» Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalarning jinoyati fosh bo`ldi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

TIF «Milliy bank» Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, mazkur bank mijozlari hisoblangan 10 ta xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning valyuta hisob-raqamlarida bo`lgan 759 ming AQSh dollarini ularning xabarisiz boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning hisob raqamlariga noqonuniy o`tkazib, o`zganing mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan TIF «Milliy bank» Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1