AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan sinov tarzda "Tracker" avtomobilini ishlab chiqardi

'GM Uzbekistan sinov tarzda "Tracker" avtomobilini ishlab chiqardi'ning rasmi

GM Uzbekistan kompaniyasi GM Korea bilan hamkorlikda Toshkentda "Tracker" modelini yirik uzelli yig`ish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda «O`zavtosanoat» matbuot xizmatixabar berdi.

"Yangi kompakt krossoverni ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, uskuna va butlovchi qismlarni etkazib berish uchun GM Uzbekistan va GM Korea o`rtasida bir qator shartnomalar imzolangan. Sinov ishlab chiqarish doirasida ayni damda 28 dona "Tracker" yig`ildi", -deyiladi xabarda.

"Tracker"ni ommaviy ishlab chiqarish yo`lga qo`yilishi sanasi, shuningdek, avtomobil narxlari haqida batafsil ma`lumot barcha ishlab chiqarish jarayoni yo`lga qo`yilgandan so`ng beriladi.

    Boshqa yangiliklar