1

Navoiydagi saunada qing`irliklar fosh etildi

Jinoyat 18.10.2018, 11:05
Navoiydagi saunada qing`irliklar fosh etildi

Navoiy shahridagi “Ruskaya dusha” saunasida massajchi xodimaning qo`shimcha pul evaziga “intim” xizmat ko`rsatishi fosh etildi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.

Aslida mazkur saunada joriy yilning 27 iyun kunida ham ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 1987 yil Samarqand viloyati Narpay tumanida tug`ilgan fuqaro S. N. qo`shimcha to`lov evaziga mijozlarga intim xizmat ko`rsatayotganligi rad etib bo`lmas ashyoviy dalillar bilan fosh etilgan va fuqaroga ma`muriy ishlar bo`yicha Navoiy shahar sudi tomonidan jazo tayinlangan edi.

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Navoiy viloyat IIB hamda shahar IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tadbir davomida ushbu saunada massajchi bo`lib ishlayotgan K.L. nazoratdagi mijoz sifatida kirgan fuqarodan ma`lum miqdordagi mablag` evaziga buzuqlik bilan shug`ullanayotgan vaqtda ushlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1