1

Vladimir Tyurdenev: Forumda Rossiyadan 1000 dan ziyod vakil ishtirok etmoqda, hali bunaqasi bo`lmagan

Jamiyat 18.10.2018, 11:53
Vladimir Tyurdenev: Forumda Rossiyadan 1000 dan ziyod vakil ishtirok etmoqda, hali bunaqasi bo`lmagan

«O`zekspomarkaz»da O`zbekiston – Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi davom etmoqda. Forumning ilk tadbiri – ikki mamlakat ishbilarmonlari biznes nonushtasida Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev ham qatnashdi, deb xabar bermoqda O`zA.

– Forumda Rossiya Federasiyasidan mingdan ziyod vakil ishtirok etmoqda, tarixda hali bunaqasi bo`lmagan, – dedi u o`z chiqishida.

Elchining qayd etishicha, keyingi yillarda mamlakatlarimizning turli sohalar bo`yicha hamkorligi tobora kengayib bormoqda, xususan, iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotir.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston – Rossiya I hududlararo hamkorlik forumida Rossiya Federasiyasining turli tarmoqlar bo`yicha 400 dan ziyod kompaniyasi, yuzlab eskportyor korxonalari ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1