1

Samarqandda jamoat transporti yo`lovchilarga bepul xizmat qilmoqda

Jamiyat 18.10.2018, 14:26
Samarqandda jamoat transporti yo`lovchilarga bepul xizmat qilmoqda

Bugun Samarqandda avtobuslar yo`lovchilarga bepul xizmat qilmoqda, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

"Bugun, 18 oktyabr - Samarqand shahri kunining ommaviy sayil tarzida o`tishi, qolaversa, Samarqand mehmonlari va samarqandliklarga bayramga tuhfa hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida O`zbekiston avtomobil transport agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi yo`lovchilarga imtiyoz joriy qildi", - deyilgan xabarda.

"Samarqand shahridagi barcha yo`nalishlarda qatnovchi avtobuslar bugun ertalabdan kechgacha yo`lovchilarga bepul xizmat ko`rsatadi. Maqsadimiz - shahrimiz aholisiga bayram kayfiyati ulashish", - degan boshqarma xodimi Sherali Ne`matov.

Eslatib o`tamiz, Samarqand shahri kuni 1996 yil 18 oktyabrda, Amir Temur tavalludining 660-yilligiga bag`ishlangan tantanada belgilangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1