1

"Kaptiva"da 9 yoshli o`g`li bilan uyidan chiqib ketgan ayol topildi

Jamiyat 18.10.2018, 14:39
"Kaptiva"da 9 yoshli o`g`li bilan uyidan chiqib ketgan ayol topildi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida shu yil 17 oktyabr kuni Orombaxsh ko`chasida yashovchi Xurshid Abdullaev IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Arizada, shu yil 16 oktyabr kuni birga yashovchi turmush o`rtog`i 31 yoshli Dilnoza Abdullaeva boshqaruvidagi davlat raqami 01 D 220 ZA bo`lgan «Kaptiva» rusumli avtomashinasida o`g`li 9 yoshli Xumoyun Abdullaev bilan birga uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolganliklarini ma`lum qilgan edi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida ona va bola sog`-salomat topilganligini va hozirda o`z oilasida ekanligini ma`lum qilamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1