AsosiyJamiyat

Moskvada Islom Karimov haykali ochildi

'Moskvada Islom Karimov haykali ochildi'ning rasmi

Moskvada O`zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov haykali ochildi, deb xabar qildi Sputnik.

Ochilish marosimida O`zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nig`matilla Yo`ldoshev, O`zbekiston birinchi prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova, O`zbekiston xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va O`zbekiston elchixonasi vakillari qatnashdi.

Rossiya tomonidan Sovet Federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari Nikolay Fedorov, Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Grigoriy Karasin, Moskva meri o`rinbosari Aleksandr Gorbenko va diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Otkrtie pamyatnika Islamu Karimovu v Moskve

Moskvadagi Islom Karimov haykali muallifi – britaniyalik haykaltarosh Pol Dey.

Haykal Moskvadagi “Polyanka” metro bekati va O`zbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov nomli xiyobonda joylashgan. Monumentda O`zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov va Samarqand shahridagi Registon maydonida tasvirlangan.

Boshqa yangiliklar