1

Bosh prokuratura: valyutachilar «yama»si fosh etildi

Jinoyat 18.10.2018, 15:42
Bosh prokuratura: valyutachilar «yama»si fosh etildi

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda fuqarolar X.R., X.A. va Ya.Q. Mirobod tumanidagi xonadonlardan birida qonunga xilof ravishda «yama» tashkil qilib, chet el valyutasi savdosi bilan shug`ullanib kelishganligi aniqlanib, har bir AQSh dollarini 8200 so`mdan hisoblab, 15000 AQSh dollarini fuqaro M.ga 123 mln. so`mga sotgan vaqtda ushlanganlar.

Tadbir davomida ulardan 15000 AQSh dollari hamda tashkil qilingan «yama»dan noqonuniy muomalaga kiritish uchun mo`ljallangan 38 mln. 600 ming so`m pul mablag`lari ashyoviy dalillar sifatida olib qo`yilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar X.R., X.A. va Ya.Q.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1