1

Igor Maksimsev: O`zbekiston-Rossiya ta`lim forumi hamkorlikning yangi davrini boshlab beradi

Jamiyat 18.10.2018, 15:48
Igor Maksimsev: O`zbekiston-Rossiya ta`lim forumi hamkorlikning yangi davrini boshlab beradi

Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti rektori Igor Maksimsev O`zbekiston-Rossiya ta`lim forumi hamkorlikning yangi davrini boshlab berishini alohida ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, poytaxtimizda ilk bor nufuzli "O`zbekiston-Rossiya ta`lim forumi" o`tkazilmoqda. Ishtirokchilarning forum borasidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdik.

– Bu forum ta`lim tizimini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham ishtirokchilar zimmasiga ulkan mas`uliyat yuklanmoqda, – deydi Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti rektori Igor Maksimsev. – "O`zbekiston-Rossiya ta`lim forumi"ning Toshkentda o`tkazilayotgani mamlakatda ta`lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlardan darakdir. Muhimi, mazkur forum mamlakatlar o`rtasidagi ishonch va hamkorlikni yanada mustahkamlaydi, rivojlantiradi va yangi bosqichga olib chiqadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1