1

Rossiya kompaniyasi O`zbekistonda ming gektarlik issiqxona quradi

Jamiyat 18.10.2018, 17:27
Rossiya kompaniyasi O`zbekistonda ming gektarlik issiqxona quradi

«O`zekspomarkaz»da O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi doirasida o`tkazilayotgan agrosanoat kompleksida kooperasiya hamkorligini rivojlantirish mavzusidagi amaliy seminar davom etmoqda.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida «O`zekspomarkaz»da o`tkazilayotgan O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi doirasida o`tkazilayotgan agrosanoat kompleksida kooperasiya hamkorligini rivojlantirish mavzusidagi amaliy seminarda O`zbekiston qishloq xo`jaligi vazirining o`rinbosari S.Xodjaev O`zbekiston ayni vaqtda 60 ortiq davlatga qishloq xo`jaligi mahsulotlarini eksport qilayotgani, bunda Rossiya muhim o`rin tutishini ta`kidladi.

Mazkur forumda Rossiyada faoliyat yuritayotgan ko`plab tadbirkorlar ishtirok etmoqda. Ularning ko`pchiligi o`zi uchun hamkorlar topishga ham ulgurgan. Misol uchun, “Niva Grinxauzis” kompaniyasi rahbari Umar Musaev ulardan biri.

photo5350500860007918261.jpg

Qayd etish joizki, mazkur korxona zamonaviy komplekslarni qurish va jihozlash bilan shug`ullanadi. Nafaqat Rossiyada, balki Markaziy Osiyoda davlatlarida ko`plab loyihalarni amalga oshirmoqda. Jumladan, yurtimizning turli viloyatlarida ana shunday yirik loyihalar bajarilmoqda. Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlari shular sirasidandir.

– Biz, O`zbekistonda yangi tashkil etilgan “Limon etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi bilan hamkorlik qilish niyatidamiz, – deydi U.Musaev. – Ular bilan forum doirasida hamkorlik loyihasini imzoladik. Bunda ming gektardan ko`proq maydonda limon etishtirish uchun issiqxona qurib beramiz. Unda meva saqlash va limonni qayta ishlash binolari qurish ham ko`zda tutilgan. Hamkorlikda tashkil etiladigan qo`shma korxonamiz orqali mahsulotlarni nafaqat Rossiyaga, balki MDH davlatlariga eksport qilamiz. Yangi tashkil etiladigan qo`shma korxonaga 100 ming dollardan ortiq investisiya kiritish rejalashtirilgan. Bunda Rossiya banklari o`z mablag`i bilan ishtirok etadi. O`ylaymanki, hamkorlikda O`zbekiston limonlarini dunyoning barcha davlatlariga eksport qilishga erishamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1