AsosiyJamiyat

Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

18 oktyabr kuni Xalq deputatlari Guliston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o`tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko`rib chiqildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi saytida xabar berildi.

Sirdaryo viloyati hokimi qaroriga asosan, Guliston tuman hokimi Abdumavlon Ibodullaev o`z lavozimidan ozod etilib, Shavkat Alibekovich G`afurov Guliston tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

Sh.G`afurov 1965 yilda Jizzax viloyatida tug`ilgan. 1995 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 2012 yildan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati «Agrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati direktori lavozimida ishlab kelgan.

    Boshqa yangiliklar