AsosiyDunyo

O`zbekistonlik Moskvada poezd nazoratchisini urdi

Transport polisiyasi Moskva janubida poezd nazoratchisini urgan deb taxmin qilingan O`zbekistondan borgan odamni qo`lga oldi.

Bu haqida IIV Markaziy federal okrug transport boshqarmasi xabar bergan.

Ertalab Pirogov nomli kasalxonaga 56 yoshli nazoratchi ayol burni singan holda olib kelingan.

Jabrlangan ayolning so`zlariga ko`ra, uni ish joyida noma`lum bir yigit urgan. Natijada polisiya xodimlari O`zbekistondan kelgan 32 yoshli yigitni qo`lga olgan. Voqea tafsilotlari haqida ma`lumot berilmayapti, deya xabar beradi «Vesti FM».

 

    Boshqa yangiliklar