Toshkentdagi videokuzatuv kameralari avtomobil tezligini aniqlash (avto-radar), avtomobilning raqam belgisini tanib olish hamda svetoforning qizil chirog`i yongan paytda avtomobilning to`xtamay o`tib ketishini aniqlash kabi uchta asosiy funksiyani bajaradi. Bu haqda RedPen xabar berdi.
Shuningdek, chorrahalarga Trigger System o`rnatiladi. U maxsus lazer bo`lib, svetoforning qizil chirog`ida avtomobil to`xtash chizig`ini kesib o`tsa, kameraga bu haqda xabar jo`natadi. Kamera esa avtomobilni suratga oladi, so`ngra haydovchiga qoidabuzarlik uchun jarima solinadi.
Buning uchun kamerali chorrahalarning barchasiga O`zbekistonda ushbu tizimni joriy qilayotgan Shveysariyaning AGT International kompaniyasidan sotib olingan svetoforlar o`rnatilishi kerak. Svetoforlar ham tizimga ulanadi.





