AsosiyJamiyat

Tojikistonda sodir bo`lgan zilzila O`zbekistonda ham sezildi

'Tojikistonda sodir bo`lgan zilzila O`zbekistonda ham sezildi'ning rasmi

Bugun 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:25 (19.10.2018 da 13:25 Grinvich bo`yicha) Tojikistonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Koordinatalar 38,50 gradus shimoliy kenglik, 71,29 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,1. Chuqurlik h=31 km. Toshkentgacha masofa 355 km janubiy-sharqiy yo`nalish bo`yicha.

Zilzila O`zbekiston hududida:

Toshkent: 355 km.; 2 ball;

Namangan: 280 km.; 2 ball;

Andijon: 269 km.; 2 ball;

Farg`ona: 214 km; 2 ball;

Guliston: 308 km.; 2 ball;

Jizzax: 347 km.; 2 ball;

Samarqand: 395 km.; 2 ball;

Termiz: 380 km.; 2 ball.

Respublikaning boshqa hududlarida zilzila qayd etilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumotlar kelib tushmadi.

    Boshqa yangiliklar