Jahon bozorida energiya resurslarining narxi oshib ketishi sababli, O`zbekistonda ham benzin va dizel yoqilg`isining narxi oshirilishi rejalashtirilmoqda.
“Yoqilg`i-energetika resurslariga narxlar va tariflarning o`zgarishi to`g`risida”gi qaror loyihasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muhokama portaliga qo`yildi.
Qaror loyihasiga ko`ra, benzin va dizel yoqilg`isi narxlari 16 noyabrdan quyidagicha bo`ladi:
- Ai80 markali avtobenzin — 4000 so`m/litr;
- Ai91 markali avtobenzin — 4500 so`m/litr;
- dizel yoqilg`isi — 4800 so`m/litr;
- EKO markali dizel yoqilg`isi — 4900 so`m/litr.
Qonunda ko`rsatilgan tegishli toifadagi shaxslarga (nogironlar, urush qatnashchilari va h.k.) benzin olish uchun uchun oyiga 66 700 so`mdan kompensasiya to`lanadi.
Qaror loyihasi muhokamasi 3 noyabrgacha davom etadi.






