1

Surxondaryoda marhum qarindoshining pasportidan foydalanib kelgan shaxs aniqlandi

Jinoyat 22.10.2018, 10:32
Surxondaryoda marhum qarindoshining pasportidan foydalanib kelgan shaxs aniqlandi

Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanidagi "Qo`shtepa" mahallasida yashovchi Sanjar G`oipov 1991 yil tug`ilgan marhum qarindoshi Shuhrat Shokirov (ism-shariflar o`zgartirildi) nomiga berilgan tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi hamda uning shaxsiy ma`lumotlari asosida bundan sakkiz yil muqaddam fuqarolik pasportini olgan.

Qonunlarimizda hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan bo`lsa-da, u mazkur hujjatdan besh yil davomida foydalanib kelgan. 2015 yil mart oyida yangi shakldagi biometrik pasportni ham qo`lga kiritgan.

Yigirma bir yoshida o`ta qing`ir ishga qo`l urgan bu shaxsning qaltis xatti-harakatlari oradan etti yil o`tib, fosh bo`lib qoldi.

O`zA xabariga ko`ra, ayni paytda S.G`oyipovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1