AsosiyJinoyat

Buxoroda tanishining 57 ming dollarini o`zlashtirib yuborgan shaxs qo`lga olindi

'Buxoroda tanishining 57 ming dollarini  o`zlashtirib yuborgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida shu yil 21 oktyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, 2014 yil 10 noyabr kuni Charmgaron MFYda yashovchi Sh.M. tanishi J.X.ga birgalikda temir oldi-sotdisi bilan shug`ullanishni aytib, aldov yo`li bilan 57 ming AQSh dollar pulini oladi.

Ammo u bergan va`dasini bajarmay, shu kungacha pullarni qaytarib bermagan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, Sh.M. qo`lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar