Isroil va Falastin o`rtasidagi ziddiyatli vaziyat G`azo chegarasida hamon davom etmoqda, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.
Olingan eng so`nggi ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, Isroil askarlari 13 nafar falastinliklarni yaralagan. Hozirda chegara hududida 10 mingga yaqin qurollangan harbiylar va namoyishchilar bor. Ular qarshi tomonga qarab granatalar va portlovchi moddalar uloqtirishmoqda. Hozirda jabrlanganlar kasalxonalarga joylashtirilmoqda.






