Fransuz aktrisasi Mari Dyubua (haqiqiy ismi Klodin Lyusi Polin Yuze) 15 oktyabr kuni 77 yoshida vafot etdi. Bu haqida Le Monde nashri yozadi.
Sezar mukofoti sohibasi Fransiyaning janubiy-sharqidagi Po shahrida joylashgan qariyalar uyida hayotdan ko`z yumdi.
Dyubua 1937 yili Parijda tavallud topgan. Bir necha pesalardagi rollaridan keyin uni televideniega taklif qilishadi. Bu erda Marini Fransua Tryuffo ko`rib qoladi va uni o`zining “Pianinonchini otinglar” (1960) filmiga taklif etadi.
Mashhurlik unga darrov kelmagan. U juda ko`plab mashhur rejisserlar va akterlar bilan hamkorlikda ishlagan.
1977 yili u rejisser Alen Karnoning “Tahdid” filmidagi roli uchun ikkinchi plandagi eng yaxshi rol uchun Sezar mukofotini qo`lga kiritadi.





