O`zbek estradasi yulduzi Munisa Rizaeva tug`ilgan kunini nishonladi.
O`zining doimiy xit taronalari va betakror kliplari bilan ajralib turadigan xonanda 32 yoshni qarshiladi.
Xonandani muxlislari va do`stlari tabrikladilar.
"Tabriklar va tilaklar, postlar va xatlar uchun hammaga rahmat! Siz kechagi kunimni bezatdingiz.
Bu safar men bayramni oila davrasida o`tkazishga qaror qildim", - deb yozuv qoldirgan xonanda instagramdagi sahifasida.
Eslatib o`tamiz, kuni kecha firibgar Munisa Rizaeva konsertiga sotilgan 48 mln so`mlik chipta pullarini va har bir dastur uchun 6.000 AQSh dollari, jami 18.000 AQSh dollarini olib, o`zlashtirib yuborgani haqida xabar bergan edik.