Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joriy yilning 22 oktyabr kuni firibgarlik yuzasidan IIVga hujjatlar kelib tushgan.
Unga ko`ra, shu yil may oyida Toshkent viloyati Zangiota tumani «Bo`zsuv» QFYda yashovchi O.U., Toshkent tumanida yashovchi X.S.ga o`zini MIB xodimi deb tanishtirib, unga Yunusobod tumani Markaz 6-dahadagi xonadonolardan birini MIB tomonidan xatlangan va auksion savdosiga qo`yilgan mulk sifatida ko`rsatib, 2 oy muddat ichida arzon narxda olib berishini va`da qilgani va aldov yo`li bilan 17 may kuni undan 31000 AQSh dollarini olib, bergan va`dasini bajarmaganligi ko`rsatilgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, O.U. qo`lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.