1

Paxta terimidagi navbatdagi talon-tarojliklar fosh qilindi

Jinoyat 24.10.2018, 10:48
Paxta terimidagi navbatdagi talon-tarojliklar fosh qilindi

Departamentning Buxoro viloyati Romitan tuman bo`limi xodimlari tomonidan Inspeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda Shofirkon tumanidagi «A» fermer xo`jaligi traktor haydovchisi T.Q. fermer xo`jaligi mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tirkama og`irligini sun`iy ravishda oshirib, haqiqatda topshirilmagan 1,6 mln. so`mlik 460 kg. paxtaning ortiqcha hisoblab yozilishiga erishgan.

Shuningdek, tadbirda «A» fermer xo`jaligi mansabdor shaxslari tirkama og`irligini sun`iy ravishda oshirish yo`li bilan 2018 yilgi paxta hosilidan aslida topshirilmagan jami 21,4 mln. so`mlik 4236 kg. paxta xom ashyosini «Shofirkon paxta tozalash» AJ balansiga noqonuniy o`tkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan «A» fermer xo`jaligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Departamentning Sirdaryo tuman bo`limi tomonidan tumandagi «A.A» fermer xo`jaligidagi davlat mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-taroj holatlari aniqlangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1