Navoiy shahrida Xotin-qizlar qo`mitasi qoshida Ayollar ijtimoiy ko`maklashuv maslahat markazi ish boshladi.
Markaz faoliyati oilaviy muammolar va maishiy zo`ravonlikka duch kelayotgan ayollarga o`z joniga qasd qilishni oldini olish maqsadida o`z vaqtida, tibbiy psixologik, ijtimoiy va huquqiy yordam ko`rsatishga yo`naltirilgan.
Markazda mutaxassis, psixolog, yurist, shifokor, onalar va bolalar xonalari faoliyat yuritib, u erga murojaat qilgan ayollarga malakali mutaxassislar tomonidan zaruriy yordamlar ko`rsatiladi.










