AsosiyJinoyat

Surxondaryoda lo`li firibgarlar ushlandi

'Surxondaryoda lo`li firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudi asli lo`lilar qavmiga mansub bo`lgan sudlanuvchilar — S.To`lqinova va M.Solievaga(ism-shariflar o`zgartirilgan) nisbatan tegishli jazo tayinladi.

O`zaro jinoiy til biriktirgan hamtovoqlar qing`ir rejasini quyidagicha amalga oshirishgan.

S.To`lqinova M.Solieva bilan birga 2018 yil 6 avgust kuni soat 08:30 lar chamasi Qiziriq tumani «Oqjar» mahallasidagi «Istara» nomli dehqon bozorida ko`rishishdi. O`tgan-qaytgan yo`lovchilar orasidan sherobodlik Ch.Usmonov ularning ko`ziga “issiq” ko`rindi shekilli, uni tunashni rejalashtirishdi. Ikkovlon hech narsadan xabari yo`q, bamaylixotir ketayotgan jabrlanuvchining ortidan tushdilar.

Birozdan so`ng S.To`lqinova sadaqa so`rab, Ch.Usmonovning yo`lini to`sdi va allambalo gaplari bilan uni chalg`ita boshladi. M.Solieva esa paytdan foydalanib, jabrlanuvchining orqa tomoniga o`tdi va uning o`ziga sezdirmagan holda qo`lidagi sumkasining tashqi tomonini o`tkir tig` bilan kesishga ulgurdi...

Firibgarlar sumka ichidagi 2 million so`m pullarni shu tariqa qo`lga kiritib, voqea joyidan yashirinishga uringanlarida Qiziriq tumani IIBning tezkor xodimlari tomonidan ushlandi, deb yozmoqda O`zA.

Sud asli lo`lilar qavmidan bo`lgan jinoiy sheriklarga tegishli jazo tayinladi.

    Boshqa yangiliklar