1

Kattaqo`rg`onda noqonuniy aviakassa tashkil qilgan shaxs aniqlandi

Jinoyat 24.10.2018, 14:43
Kattaqo`rg`onda noqonuniy aviakassa tashkil qilgan shaxs aniqlandi

Departamentning Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uning davomida, fuqaro G.A. davlat ro`yxatidan o`tmasdan noqonuniy aviakassa tashkil qilib, 8 nafar fuqaroga aviachipta olib berish evaziga firibgarlik yo`li bilan 16,8 mln. so`m va 100 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1