AsosiyJinoyat

Xonqa tumanida kardiolog-shifokor pora bilan ushlandi

'Xonqa tumanida kardiolog-shifokor pora bilan ushlandi'ning rasmi

Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro G.X.ning murojaatiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Xonqa tumani markaziy poliklinikasi kardiolog-shifokori Z.Q. yurak xastaligi mavjudligi to`g`risida ma`lumotnoma rasmiylashtirib berish evaziga fuqaro G.X.dan 200 AQSh dollari va 200 ming so`m pullarni pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Z.Q.ga nisbatan O`zbekiston Respubikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda", - Bosh prokuratura matbuot xizmati bergan xabarda.

    Boshqa yangiliklar