AsosiyJinoyat

Internet orqali 14 mln so`mni o`g`irlagan shaxs qo`lga olindi

'Internet orqali 14 mln so`mni o`g`irlagan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joriy yilning 21 oktyabr kuni Jizzax shahar Sh.Rashidov ko`chasida yashovchi M.A. (ismli ayol) IIBga murojaat qilgan.

Arizada u shu yil 17 oktyabr kuni plastik kartochkasiga 14 mln. so`m pul tushirganligi va ushbu pullarni noma`lum shaxs o`g`irlab olganligini ma`lum qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Arnasoy tumanida yashovchi Sh.P. elektron ijtimoiy to`lov tarmog`i orqali ruxsatsiz boshqa bir tanishi M.M.ning plastik kartasiga o`tkazganligi aniqlanib, Sh.P. qo`lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar