Yoshlarning barcha qatlamlarini kitobxonlikka jalb etish va joylarda adabiy muhitni shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Kelajak bunyodkorlari o`rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida «Yosh kitobxon» tanlovi tashkil etilgan. Joriy yilda ikkinchi marta o`tkazilayotgan «Yosh kitobxon» respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichi 26 oktyabr kuni Toshkent shahridagi «Yoshlar ijod saroyi»da bo`lib o`tdi. Ushbu tanlovda tashkilotchilar tomonidan bu yil ko`p sonli yoshlarning takliflari asosida 10-14 yosh toifasi ham qo`shildi. Bu esa kitob o`qishga qiziquvchilar sonini yanada oshirmoqda. “Yosh kitobxon” tanloviorqali 9 nafar 10-14 yosh toifasidagi ishtirokchilar adabiyot bo`yicha o`zlarining bilimlarini imtihon qilib olishdi.
Tanlov qatnashchilari “Buyuk mutafakkir va adib” va “Badiiy asarlar bilimdoni” shartlari asosida bellashishdi. Ularni adabiyot sohasining tajribali vakillari hakamlar hay`ati sifatida shaffof tarzda baholab borishdi.
Tanlovning birinchi shartidagi savollarga javobanishtirokchilar Mirzo Ululg`bek, Aleksandr Pushkin, Mirkarim Osim, Chingiz Aytmatov, Erkin Vohidov, Oybek, Zahiriddin Muhammad Bobur, O`tkir Hoshimov, Abdulla Qahhor kabi qator adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqida ma`lumotlar berishdi. Galdagi shart o`zbek va jahon adabiyoti durdonalarining sharhiga bag`ishlandi.
Hakamlar hay`ati baholash jaryonida yozuvchi hayot va ijodi, asarlari va ularning mazmun-mohiyati, adibning e`tirof etilishiga doir javoblarning aniq va to`g`riligiga e`tibor qaratishdi.
Saralash natijalariga ko`ra, Uchtepa tumani 193-sonli umumta`lim maktabio`quvchisi Salohiddin Qahhorov mutlaq g`olib deb topildi. 2-o`rin Sirg`ali tumani 104-sonli umumta`lim maktabi o`quvchisi Maftuna Arziqulovaga nasib etdi. 3-o`rinni esa Bektemir tumani 290-sonli umumta`lim maktabi o`quvchisiShahribonu Oqmamatova egalladi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 1-o`rin sohibiganoutbook, 2-o`rin g`olibiga planshet, 3-o`rin egasiga kitoblar jamlanmasi taqdim etiladi. G`oliblarni taqdirlash marosimi 27 oktyabr kuni Yoshlar ijod saroyida bo`lib o`tadi.