AsosiyJamiyat

Olti nafar erkakning ariqda tizzasidan suvga botib turgan holatiga oydinlik kiritildi

'Olti nafar erkakning ariqda tizzasidan suvga botib turgan holatiga oydinlik kiritildi'ning rasmi

27 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda paxta dalasi yonidagi ariqqa tushib turgan 6 nafar kishining suratlari tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Shundan so`ng, Mehnat vazirligi darhol fuqarolardan suratga olingan joy va sharoitni aniqlashga yordam beruvchi har qanday ma`lumotlar haqida xabar berishlarini so`rab, rasmiy murojaat bilan chiqdi.

Kun.uz nashri muxbirlari o`tkazgan surishtiruvga ko`ra, ushbu holat Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani, "Abdunosir G`ulom" fermer xo`jaligi maydonida yuz bergan. Shuningdek, ariqdagi erkaklarning kimligiga aniqlik kiritildi.

Ular Oqqo`rg`on tumani hokimining qishloq xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosari — Sherzod Murodov, tuman suv xo`jaligi boshlig`i — Tohir Mirzakarimov, tuman qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i — Sharof Ahmedov, "Ozod" MFYning oqsoqoli — Zokir Musabekov, "Mavlonboy ota" fermer xo`jaligini rahbari — Abror Mavlonov, "Abdunosir" fermer xo`jaligi rahbari (ismi Nosir) ekanligi aytilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, rahbarlar g`allani o`z vaqtida sug`ormagan mas`ul va fermerlarni shu ko`rinishda jazolagan.

Endilikda esa ushbu oltiovlonning tosh ko`tarib tushgan surati tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan qizg`in muhokamani davom ettirmoqda.

    Boshqa yangiliklar