AsosiyJamiyat

Toshkentda xotin-qizlarining innovasion yarmarkasi bo`lib o`tdi

'Toshkentda xotin-qizlarining innovasion yarmarkasi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Joriy yilning 22-27 oktyabr kunlari O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va hamkor tashkilotlar tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tumani xotin-qizlarining innovasion tadbirkorlik haftaligi o`tkazilmoqda.

Haftalik doirasida o`tkazilgan tadbirlarda o`z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo`layotgan, tumanning 60 ta mahallasida istiqomat qiluvchi 400 nafardan ziyod ishsiz, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan xotin-qizlar jalb qilindi.

Haftalik doirasida 25-26 oktyabr kunlari Toshkent qurilish-kommunal kasb-hunar kollejida Uchtepa tumani xotin-qizlarining innovasion yarmarkasi tashkil etildi. Unda tumanning 700 nafardan ziyod xotin-qizlari innovasion yarmarkada ishtirok etayotgan tadbirkor va hunarmand ayollarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`lishdi.

Tadbirda 39 nafar hunarmand, 34 nafar tadbirkor xotin-qizlar o`zlarining yo`nalishlari bo`yicha mahorat darslari o`tib berishdi. Ularga O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg`alar topshirildi.

    Boshqa yangiliklar