1

​Ayollar o`rtasidagi janjal qon to`kilish bilan yakunlandi

Jinoyat 29.10.2018, 11:50
​Ayollar o`rtasidagi janjal qon to`kilish bilan yakunlandi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida janjal yuz bergan, xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2018 yil 26 oktyabr kuni Yurchi mahallasida yashovchi N.I. (ismli ayol) Bobur mahallasida joylashgan savdo majmuasi oshxonasida o`zaro janjal sabab tanishi, Sanoatchilik mahallasida yashovchi S.I. (ismli ayol)ga pichoq bilan jarohat etkazgan.

Natijada S.I. kasalxonaga yotqizilgan. N.I. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1