AsosiyJamiyat

​Bosh prokuratura: Oqqo`rg`on ishiga mas`ul rahbarlar jazolanadi

'​Bosh prokuratura: Oqqo`rg`on ishiga mas`ul rahbarlar jazolanadi'ning rasmi

O`zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanida 6 kishining tahqirlanishi yuzasidan tekshiruv boshladi.

29 oktyabr kuni Bosh prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonovaning bildirishicha, voqea yuzasidan tekshiruv boshlangan.

Shuningdek, bu ishga mas`ul barcha shaxslar, mansabidan qat`iy nazar, jazoga tortilishi aytildi.

OAV ma`lumotlariga ko`ra, shu kunlarda keng muhokamalarga sabab bo`lgan Oqqo`rg`on voqeasi ortidan O`zbekiston Bosh vazirining o`rinbosari, Qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari Zoir Mirzaev o`z vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar