AsosiyJamiyat

​1295 nafar shaxs ma`muriy javobgarlikdan ozod etildi

'​1295 nafar shaxs ma`muriy javobgarlikdan ozod etildi'ning rasmi

Bugungi kunda fuqarolar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga o`zining va jamoatchilikning haq-huquqlarini himoya qilish yuzasidan yo`llayotgan murojaatlari joylarda yo`l qo`yilayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan nazorat tadbirlari natijasida 7615 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

O`tkazilgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida to`g`ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o`rnini to`liq qoplagan 1295 nafar tadbirkorlik sub`ektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma`muriy javobgarlikdan ozod etildi.

O`z navbatida amaldagi qonunchilik talablarini qo`pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 4635 nafar shaxsga nisbatan 1758,0 million so`m ma`muriy jarima qo`llanildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi

    Boshqa yangiliklar