1

Birinchi O`zbekiston-Rossiya yoshlar biznes forumida qanday kelishuvlarga erishildi?

Jamiyat 30.10.2018, 14:47
Birinchi O`zbekiston-Rossiya yoshlar biznes forumida qanday kelishuvlarga erishildi?

O`zbekiston-Rossiya yoshlari o`rtasida turizm, ommaviy axborot vositalari hamda tadbirkorlik sohalari doirasida o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish, do`stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan Birinchi O`zbekiston-Rossiya biznes forumi bo`lib o`tdi. Ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bora tashkil etilgan Birinchi O`zbekiston-Rossiya biznes forumida Rossiya yoshlar ittifoqi rahbarlari, etakchi kompaniya va korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Forumning kun tartibidan yoshlar tadbirkorligini va turizmini rivojlantirishga doir bir qator istiqbolli islohotlar amalga oshirildi.

“Bir-birimizdan o`rganadiganimiz ko`p

Mamlakatlarimiz o`rtasida azaldan do`stona munosabatlar mavjud. Innovasiyalar, yangi istiqbollarborasida ham tajribalarimizni do`stonaalmashinishimiz lozim, – deydi Yoshlar masalalari bo`yicha Federal agentligining moliyaviy-iqtisodiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Elena Shevchenko. – Xalqlarimiz ham doim iliq munosabatda bo`lib kelishgan, talashadigan hech nimamiz yo`q, lekin bir-birimiz bilan bo`lishadigan, o`rganadiganlarimiz ko`p.

Fakt va raqamlar

Birinchi O`zbekiston-Rossiya yoshlar biznes forumida ikki tomon tadbirkorlari 2 memorandum va 40 dan ortiq tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash to`g`risidagi kelishuvlar imzolandi, yoshlar turizmi bo`yicha hamkorlik qilish maqsadida 20 ta shartnoma 45 kelishuvlar imzolandi.

«Yoshlar-kelajagimiz» jamg`armasi ikkita memorandum imzoladi

«Yoshlar-kelajagimiz» jamg`armasi bilan «Skolkovo hamjamiyati» o`rtasida «Ta`lim - ikki mamlakat o`rtasida tadbirkorlik va loyihalarni rivojlantirishga eltuvchi yo`l» dasturi hamda «Yoshlar-kelajagimiz» jamg`armasi va «Invest Konsalting Realiti» MChJ o`rtasida «Rossiya va O`zbekistonda kichik va o`rta biznes» dasturi doirasida hamkorlik aloqalarini o`rnatish to`g`risida muhim memorandumlar imzolandi.

Yoshlar turizmi agentligi kim bilan hamkorlik qiladi?

Forum doirasida Yoshlar turizmi agentligi direktori Kamola Ismoilova va «KONGRESSORG» kompaniyasi guruhlari» rahbari Oleg Almendeev o`zaro hamkorlik qilishga kelishib, shartnoma imzolashdi.

Bundan tashqari ta`lim va farmasevtika sanoati sohalarida o`zaro hamkorlik bo`yicha kelishuvlar ham imzolandi.

Bugun, 30 oktyabr kuni Samarqandning Registon majmuasida bo`lib o`tadigan «RossiyaFederasiyasivaO`zbekistonRespublikasio`rtasidagituristikoqimnikengaytirishdayoshlarningahamiyati»mavzusidagiamaliykonferensiyasidan so`ng turizm sohasida yana bir qator ikki tomonla kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Mazkur hamkorlik aloqalari yoshlarning ta`lim olishi va o`zining tadbirkorlik sohasini yo`lga qo`yishi uchun bir qancha imkoniyatlar yaratadi.

Ilmiy anjumandan so`ng, mehmonlar va ishtirokchilar uchun hunarmand va rassomlarning ko`rgazmasi tashkil etildi.

Dilfuza Sobirova

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1