1

Toshkentda bir oilaning 4 farzandi vafot etdi

Jamiyat 31.10.2018, 12:12
Toshkentda bir oilaning 4 farzandi vafot etdi

Toshkentning Chilonzor tumanida o`tgan oqshom bir oilaning to`rt farzandi kutilmaganda vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, oila azolari o`tgan kech poytaxt oshxonalaridan birida kabob iste`mol qilishgan. Shundan so`ng bolalarning onasi o`zini yomon his qilgan.

Uning ovqatdan zaharlangani aniqlangan. Ertalab esa oilaning 6 yoshdan 22 yoshgacha bo`lgan to`rt farzandi vafot etgani ma`lum bo`lgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, hozirda mazkur holat yuzasidan ekspertiza-tekshiruv ishlari olib borilmokda. Voqea haqida tekshiruv xulosalari chiqqanidan so`ng batafsil ma`lumot beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1