1

Hisob palatasi tuzilmasida tegishli lavozim hamda sho``balar tashkil etildi

Jamiyat 01.11.2018, 09:31
Hisob palatasi tuzilmasida tegishli lavozim hamda sho``balar tashkil etildi

Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni, shuningdek, strategik ahamiyatga ega xo`jalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investisiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qilmoqda.

Farmon bilan Hisob palatasiga quyidagi bir qator qo`shimcha funksiyalar yuklatildi:

• oliy darajadagi tashriflarda imzolangan hujjatlar va investisiya loyihalarining ma`lumotlar bazasini shakllantirish, ularni amalga oshirishga ko`maklashish;

• oliy darajadagi tashriflarda imzolangan hujjatlar va investisiya loyihalarining o`z vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat qilish;

• chet-ellik hamkorlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar bilan “teleko`prik” tashkil etish orqali oliy darajadagi tashriflarda imzolangan hujjatlar va investisiya loyihalarining ijrosini muntazam muhokama qilish.

Farmonga muvofiq, Hisob palatasi tuzilmasida bu bo`yicha tegishli lavozim hamda sho``balar tashkil etildi.

Shuningdek, Farmon bilan Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosini ta`minlash masalalari bo`yicha respublika muvofiqlashtiruvchi guruhi tasdiqlandi.

Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va investisiya loyihalarining ijrosi to`g`risidagi axborotning “Ijro.gov.uz” tizimi orqali o`z vaqtida taqdim etilishi ustidan qat`iy nazorat o`rnatiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1