1

Yo`llarda qoidabuzar fuqarolarga chora ko`rilmoqda

Jamiyat 01.11.2018, 18:05
Yo`llarda qoidabuzar fuqarolarga chora ko`rilmoqda

Toshkent viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari yo`l transporti hodisalarining kelib chiqish sabablarini tahlil qildi.

Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabariga ko`ra, viloyat hududida sodir etilayotgan yo`l transport hodisalarining har ikkitasidan birida piyodani urib yuborish holati kuzatilgan. Bu kabi baxtsiz hodisalarga aksariyat hollarda piyodalarning yo`l harakati qoidalariga rioya etmasligi sabab bo`lmoqda.

Yo`llarda baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Toshkent viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi “Diqqat piyoda!” profilaktik tadbirini o`tkazib keladi.

Maqsad aniq. Piyodalarning amaldagi yo`l harakati qoidalariga itoat qilgan holda serqatnov yo`llar va chorrahalarda piyodalar uchun belgilangan joylardan yurishlarini nazorat qilish.

“Diqqat piyoda!” tadbirlarida viloyat hududidagi transport vositalari serqatnov yo`llarga yaqin joylashgan bozor, korxona va tashkilotlar qarshisida joylashgan piyodalar o`tish joylariga yo`l-patrul xizmati inspektorlari biriktirilib, harakat xavfsizligini ta`minlash bilan bir qatorda fuqarolarga yo`llarda harakatlanish tartibi tushuntirib borilmoqda. Qoidabuzarlik sodir etgan piyodalar aniqlanib, ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 138-moddasi talablari bo`yicha chora ko`rilmoqda.

photo5391285873745701291.jpg

Navbatdagi tadbirda qoidabuzar fuqarolarga nisbatan 329 ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jazo chorasini ko`rish maqsadida piyodalarning yashash hududidagi Yo`l harakati xavfsizligi bo`linmalariga jo`natildi. O`z navbatida, ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan piyodalarga bunday holatlarni qayta takrorlamasligi uchun ularning majburiyatlari to`g`risida tushunchalar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1