AsosiyJamiyat

Buxoroda qarzdorning 10 ta avtotransport vositasi xatlandi

'Buxoroda qarzdorning 10 ta avtotransport vositasi xatlandi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Kogon shahar bo`limi tomonidan Kogon tumanlararo sudining 25 may kunidagi qarzdor 6-son «Neftgazqurilishta`mir» AJdan Respublika byudjeti foydasiga 622,5 million so`m soliq qarzini undirish to`g`risidagi ijro hujjati yuzasidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo`lgan Captiva, MIDIBUS SAZNP21, AVEO, GBA SNG NEXIA GL va «Gaz 531201AS36» rusumli avtotransport vositalari xatlanib ro`yxatga olingan.

Ushbu mulk 25 oktyabr kuni E-IJRO AUKSION tizimiga elektron onlayn auksion savdolarini tashkil etish uchun joylashtirilgan, deb yozmoqda O`zA.

Kelgusida mol-mulk sotuvidan kelib tushgan pul mablag`lari hisobidan qarzdorning Respublika byudjeti oldidagi qarzdorlikni qoplashga qaratiladi.

    Boshqa yangiliklar