Chirchiqda 4 000 AQSh dollarini o`g`irlagan ayol qo`lga olindi

Jinoyat 08.11.2018, 16:51
Chirchiqda 4 000 AQSh dollarini o`g`irlagan ayol qo`lga olindi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida shu yil 5 noyabr kuni noma`lum shaxs D.S. (ismli ayol)ning uyi eshigini kalit tanlash yo`li bilan ochib kirib, xonasidan 4 000 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahrida yashovchi X.N. (ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1