Namanganda ishchi o`z rahbarini temir bo`lagi bilan urgan

Jinoyat 10.11.2018, 19:57
Namanganda ishchi o`z rahbarini temir bo`lagi bilan urgan

Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumanida 27 oktyabr kuni Chustko`prik mahallasida yashovchi S.M. o`zi ishlaydigan korxona rahbari — mahalladosh A.R. bilan janjallashib qolgan.

O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, janjal vaqtida S.M. o`z rahbarining boshiga temir bo`lagi bilan urib, unga jarohat etkazgan.

Natijada A.R. kasalxonaga yotqizilgan. S.M. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1