1

Toshkentda odam savdosi bilan shug`ullangan ayol qo`lga olindi

Jinoyat 13.11.2018, 15:20
Toshkentda odam savdosi bilan shug`ullangan ayol qo`lga olindi

Poytaxt ichki ishlar organlariga "Guli" ismli ayol xorijga fohishalik bilan shug`ullanish uchun ayollarni jo`natish ishlari bilan shug`ullanishi haqida xabar kelib tushadi.

Huquq tartibot organ xodimlari 7 noyabr kuni o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida xalqaro aeroport hududida odam savdosi jinoyatini sodir etishda gumonlangan Andijon viloyatida tug`ilgan, 26 yoshli Gulchiroy S. qo`lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi odam savdosi bo`yicha jinoyat ish qo`zg`atilib, tergov ishi olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1