AsosiyJinoyat

Bojxonachilar "yostiq" operasiyasini fosh etishdi

'Bojxonachilar "yostiq" operasiyasini fosh etishdi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do`stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlatdan mamlakatga tovar-moddiy boyliklarni olib o`tish chog`ida ayrim fuqarolar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik holatlari o`z vaqtida bartaraf etilmoqda, deb xabar berdi Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati.

Yaqinda “Do`stlik” chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan 2 nafar fuqaro - J.Z va K.I. bojxona xodimlariga o`z ehtiyojlari uchun 4 dona yostiq olib o`tishayotganliklarini ma`lum qilishadi.

Bir qarashda yostiqlar olib o`tilsa buning qanday ziyoni bor, deyish mumkin. Ammo ushbu 4 dona yostiqlar rentgen apparati yordamida bojxona ko`rigidan o`tkazilganda qonunbuzarlarning nayrangi fosh etildi.

Ushbu yostiqlar ichiga umumiy qiymati 5 million so`mlik “Ariel” nomli kir yuvish kukuni, “Golden Rose” nomli chinni idishlar va yana ko`plab uy-ro`zg`or buyumlari yashirilgan ekan.

Shunga o`xshash yana bir holatda ushbu post orqali harakatlanayotgan O.N., J.S. va K.Sh. ismli shaxslar xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 22 575 000 so`mlik ayollar va bolalar kurtkalari, krassovka, jemper kabi ko`plab kiyim boshlarni yurtimizga noqonuniy yo`llar bilan olib kirishga uringan vaqtda bojxona xodimlari tomonidan to`xtatib qolindi.

    Boshqa yangiliklar