1

Toshkent viloyatida maktab o`quvchilari talonchilik qilishdi

Jinoyat 13.11.2018, 20:53
Toshkent viloyatida maktab o`quvchilari talonchilik qilishdi

Toshkent viloyatining Bo`stonliq tuman IIBga maktab o`quvchisiga nisbatan talonchilik sodir etilgan haqida ariza kelib tushgan, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 2 noma`lum shaxs, G`azalkent shahrida yashovchi maktab o`quvchisi A.D.ni qo`lidan “MI-A2-Lite” rusumli mobil telefonini tortib olib, voqea joyidan g`oyib bo`lishgan.

“Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni G`azalkent shahrida yashovchi, 1-sonli o`rta maktabning 10-sinfida tahsil oluvchi o`quvchilar T.A. va D.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1