Kollej o`quvchisi avtomashinani olib qochayotganida tosh uyumiga borib urildi

Jinoyat 13.11.2018, 21:31
Kollej o`quvchisi avtomashinani olib qochayotganida tosh uyumiga borib urildi

2018 yil 7 noyabrdan 8 noyabrgacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida yashovchi A.D.ning uyi oldida qarovsiz qoldirilgan “GAZ-67” rusumli yuk avtomashinasini haydab qochayotgan vaqtida, shu ko`chadagi tosh uyumiga urilib, avtomashinani voqea joyida qoldirib o`zi yashiringan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Burchmullo qo`rg`onida yashovchi Burchmullo o`rmon xo`jaligi kasb-hunar kolleji 3-bosqich o`quvchisi B.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1