Isroil va Falastin o`rtasida G`azo sektorida sodir bo`layotgan to`qnashuvlar keyingi bosqichga o`tdi, deya xabar qildi Rambler nashri.
Yani har ikki tomon ham bir-biriga qarshi aviazarbalar bermoqda. Isroil aviasiyasi falastinlik jangarilar tomonidan raketa hujumiga javoban G`azo sektoriga zarbalar berdi. Isroillik harbiylar 300 ga yaqin raketa uchirilganini ma`lum qilgan. Raketalar Sderot va Ashkelon shaharlaridagi turar joy binolariga va avtobusga tekkan. Hujum oqibatida kamida 34 isroillik yaralangan. Falastin etakchisi Mahsud Abbos jahon hamjamiyatini sektordagi vaziyatga aralashish va Isroil tajovuzini to`xtatishga chaqirdi. U “Isroil tajovuzini qoralab, xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan vaziyatga aralashib, bu tajovuzni to`xtatishga hamda mintaqaning yanada ko`proq vayrongarchiliklar va barqarorsizlikka botib ketishiga yo`l qo`ymaslikka chaqirgan”.






