AsosiyJinoyat

"Qizil" yo`lakdan yashirincha olib o`tilayotgan qorako`l terilari ushlanib qolindi

'"Qizil" yo`lakdan yashirincha olib o`tilayotgan qorako`l terilari ushlanib qolindi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Istanbul shahriga otlangan fuqaro M.R.ning qo`l yuklarini bojxona ko`rigidan o`tkazish chog`ida qonunbuzarlik holatini aniqlashdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati.

Ushbu shaxs garchi "qizil yo`lak" orqali harakatlangan bo`lsa-da, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilinmagan 45 dona qorako`l terilarini qo`l yuklari orasiga yashirgancha mamlakatimizdan noqonuniy tarzda olib chiqib ketishga uringan ekan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar