Tojikistondan O`zbekistonga kelgan vagon ichida avtomat patroni aniqlandi

Jinoyat 16.11.2018, 11:05
Tojikistondan O`zbekistonga kelgan vagon ichida avtomat patroni aniqlandi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” temir yo`l chegara bojxona posti orqali O`zbekistonga yashirincha kirib kelayotgan o`q-dori to`xtatib qolindi, deb xabar qildi davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati.

Tojikiston Respublikasidan O`zbekiston Respublikasiga kirib kelgan yuk poezdining vagonlaridan biri bojxona nazoratidan o`tkazilganda, mazkur vagonning ko`z ilg`amas, xufiya joyiga ayyorona tarzda joylangan 1 dona 7,62mm. kalibrli Kalashnikov avtomatining patroni borligi aniqlandi.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1