1

Yangiyo`ldagi savdo do`koni o`g`rilari yuqori sinf o`quvchilari ekani aniqlandi

Jinoyat 16.11.2018, 12:04
Yangiyo`ldagi savdo do`koni o`g`rilari yuqori sinf o`quvchilari ekani aniqlandi

Shu yilning 6 noyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo`l shahrida yashovchi, “Nooziq-ovqat” do`koni rahbari, M.M. IIBga murojaat qilib, shu yil 4 noyabrga o`tar kechasi noma`lum shaxs Yangiyo`l shahar Navro`z mahallasida joylashgan do`koniga eshik qulfini buzib kirib, u erdan umumiy qiymati 21 mln. 800 ming so`mlik 50 dona turli xildagi mobil telefonlarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo`l shahar Ramadon mahallasida yashovchi 12-sonli o`rta maktabning yuqori sinf o`quvchilari Sh.N. va D.M.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1