2018 yil 17 noyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, shu yil 5 noyabr kuni Sergeli 3-dahada yashovchi J.X., fuqaro G.A. (ismli ayol) va S.M.larga o`zini qurilish ishlari bilan shug`ullanuvchi “Bama Biznes” MChJ rahbari deb tanishtirib, ushbu jamiyat tomonidan qurilayotgan ikki xonalik uylardan olib berishlikni va`da berib, aldov yo`li bilan ulardan 40 mln. so`m puli va “Spark” rusumli avtomashinasini olib, avtomashinani 50 mln. so`mga sotib yuborgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, natijada bergan va`dasini bajarmay pullarni o`z ehtiyoji yo`lida ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, J.X. qo`lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.