AsosiySiyosat

2019 yilda soliqlar va majburiy to`lovlarning turi 19 tadan 15 tagacha kamayadi

'2019 yilda soliqlar va majburiy to`lovlarning turi 19 tadan 15 tagacha kamayadi'ning rasmi

2019 yilda soliqlar va majburiy to`lovlarning turi 19 tadan 15 tagacha kamayadi. Bu haqda O`zA yozmoqda.

2019 yilgi soliq siyosatining asosiy yo`nalishlari Prezidentning 29 iyunda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to`g`risida»gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

Unga ko`ra, barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo`naltirish, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, fuqarolarning mehnat haqi tarzidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga ushlab qolinadigan sug`urta badallarini bekor qilish nazarda tutilmoqda.

Umuman olganda, taklif etilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi hisobiga soliqlar va majburiy to`lovlarning turi 19 tadan 15 tagacha kamayadi.

Bu 2019 yilgi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg`armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlarida qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar